Huawei 1
"Gazprom neft" O‘zbekistonda yoqilg‘i quyish shoxobchalari tarmog‘ini qurishi mumkin

“Gazprom neft” O‘zbekistonda o‘z brendi ostida yoqilg‘i quyish shoxobchalari tarmog‘ini qurish imkoniyatlarini o‘rganmoqda. Bu haqda kompaniya rahbari Aleksandr Dyukovga tayanib “TACC” nashri xabar berdi.

“Biz allaqachon O‘zbekistonda ishlayapmiz, u yerga neft va neft mahsulotlari — benzin, dizel yoqilg‘isi, moylash va bitum materiallarini yetkazib beramiz. Endi biz O‘zbekistonda yana bir qancha loyihalarni amalga oshirish imkoniyatini, jumladan, o‘z brendimiz ostida yoqilg‘i quyish shoxobchalari tarmog‘ini qurish imkoniyatini muhokama qilmoqdamiz”, dedi u.

Dyukov O‘zbekistonda jadal iqtisodiy o‘sish va neft mahsulotlari iste’moli ortib borayotganini ta’kidladi.

“Bu istiqbolli bozor, unda bo‘lish, albatta, to‘g‘ri”, — deya qo‘shimcha qildi u.

Shuningdek, kompaniya O‘zbekiston bilan uglevodorodlarni qidirish va qazib olishda texnologiya sohasida hamkorlikni davom ettirish niyatida, dedi Dyukov.

“Raqamli yechimlarimizdan foydalanib, biz O‘zbekistonda burg‘ulashni boshqarish markazini ochishga yordam berdik, bu esa konlarda quduqlarni qurish vaqtini va narxini sezilarli darajada kamaytirish imkonini berdi”, — dedi u.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 92716 | Инструменты