Huawei 1
Noyabr oyida O‘zbekistonda sezilgan inflyatsiya darajasi oxirgi 15 oydagi maksimumga yetdi

Markaziy bank o‘tkazgan so‘rov natijalariga ko‘ra, noyabrda aholi tomonidan sezilgan (shaxsiy) inflyatsiya darajasi oktabr oyiga nisbatan 0,9 foizga oshib, 14,1 foizni tashkil etdi.

inflyatsiya, sezilgan inflyatsiyaBu ko‘rsatkich so‘nggi 15 oydagi eng yuqorisi hisoblanadi (2023-yil avgustida 14,5 foiz bo‘lgan). Ayni vaqtda, o‘tgan oyda rasmiy inflyatsiya darajasi 0,93 foizni tashkil etdi — bu so‘nggi 13 yilda noyabr oyida qayd etilgan eng past ko‘rsatkich. Yillik hisobda inflyatsiya 10 foizgacha sekinlashdi.

Regulyator xabarida oktabr-noyabr oylarida qaysi tovar va xizmatlar eng ko‘p qimmatlashgani bo‘yicha savolga respondentlarning javoblari keltirilgan.inflyatsiya, sezilgan inflyatsiya

Kuzning so‘nggi oyida go‘sht va sut narxi keskin oshganini qayd etgan respondentlarning ulushi yuqori darajada saqlanib qoldi — 47 foiz (oktabrda bu ko‘rsatkich 51 foiz edi). Shu bilan birga, benzin va yoqilg‘i (propan, metan) narxlarining oshganini qayd etgan respondentlarning ulushi 37 foizdan 42 foizgacha, shuningdek, elektr energiyasi va gaz narxi oshganini ko‘rsatganlar ulushi esa 35 foizdan 39 foizgacha oshgan.

Aholi o‘simlik yog‘i narxi oshganini ham ko‘rsatgan, bunday fikrdagi respondentlar ulushi 29 foizni tashkil etdi (o‘tgan oyda 24 foiz edi). Keyingi o‘rinlarda дори-darmonlar (28 foiz, o‘tgan oyda ham 28 foiz edi), sabzavot va mevalar (24 foiz, 20 foiz edi), tuxum (15 foiz, 11 foiz edi) qayd etilgan.

Oktabr oyiga nisbatan qurilish materiallari (18 foiz), kafe va restoran xizmatlari (16 foiz), guruch (13 foiz) va ta’lim xizmatlari (13 foiz) narxlari oshganini qayd etganlar ulushi kamaygan.

Hududlar bo‘yicha Toshkent shahrida yuqori sezilgan inflyatsiya darajasi saqlanib qolmoqda — o‘rtacha 18 foiz (oktabr oyida ham 18 foiz edi). Keyingi o‘rinlarda Toshkent viloyati (16,1 foiz), Sirdaryo (15,3 foiz), Qashqadaryo (14,8 foiz), Namangan (14,7 foiz) qayd etilgan.

Aholi guruhlari orasida inflyatsiyaning yuqori sezilgan darajasini pensionerlar qayd etgan, ular 16 foizlik inflyatsiyani sezganini belgilagan. Ta’lim sohasi vakillari ham narxlar nisbatan tezroq o‘sganini qayd etgan — 15,3 foiz).

inflyatsiya, sezilgan inflyatsiya

Daromadlari 15 mln so‘mdan ortiq bo‘lgan shaxslar uchun sezilgan inflyatsiya darajasi 13,8 foizdan 17,8 foizgacha, 10−15 mln so‘m oralig‘ida bo‘lganlar uchun 13,5 foizdan 16 foizgacha, 7−10 mln so‘m bo‘lganlar uchun 14,1 foizdan 15,2 foizgacha ko‘tarilgan. Daromadlari 4 mln so‘mdan kam bo‘lgan respondentlar oktabr oyiga nisbatan pastroq darajadagi inflyatsiyani sezgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 12116 | Инструменты