Huawei 2
Nur-Sulton shahrida O‘zbekiston-Qozog‘iston biznes-forumi bo‘lib o‘tmoqda

Ayni paytda Nur-Sulton shahrida O‘zbekiston-Qozog‘iston Ishbilarmonlar kengashining 4-yig‘ilishi va O‘zbekiston-Qozog‘iston biznes-forumi bo'lib o'tmoqda. Tadbirda Uzreport TV bosh muharriri Gulnoza Husanova ham ishtirok etmoqda.

Mazkur forumda qatnashayotgan Murad Buildings developerlik kompaniyasi asoschisi Murod Nazarov o'zbek va qozoq xalqi o'rtasidagi hamkorlik aloqalari haqida iliq fikrlar bildirdi.

“Avvalambor, biz qardosh xalqmiz. Qolaversa, Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbuslari asosida barcha qo'shni davlatlar bilan hamkorlik aloqalarimiz juda chiroyli bo'lyapti. Bu munosabatlar iqtisodiy va savdo aloqalari bilan kuchaytirilsa, yana-da yaxshi bo'ladi. Mana biz yana yangi loyihalar boshladik va shu bilan do'stlik yana-da kuchayadi”, - dedi Murod Nazarov.

Shuningdek, Murod Nazarov telekanalimizga bergan intervyusida Qozog‘istonning BI Group kompaniyasi bilan 500 million dollarlik yirik loyihani amalga oshirish bo‘yicha shartnoma imzolashi haqida ma’lum qildi.

“Kompaniyamiz aylanmasi yiliga 1,5 milliard dollarni tashkil etadi, biz yiliga 1,5 million kvadrat metr uy-joy quramiz. Shu bois, portfelimiz hajmining kamida 20 foizi O‘zbekistonga to‘g‘ri kelishiga ishonamiz, avvaliga bu yaxshi. Qolaversa, Murod Nazarov va uning jamoasi timsolida yaxshi sheriklar bilan. Bu shunchaki biznes bo'lmaydi, bu munosabat, quvonch bo'ladi”, - dedi BI Group xoldingi rahbari Oydin Rahimboyev.

Ushbu forum Shavkat Mirziyoyevning mamlakatga tashrifi arafasida o'tkazilmoqda.

Tashrif dasturiga muvofiq, Nur-Sulton shahrida oliy darajadagi uchrashuv va muzokaralar bo'lib o'tadi, ularda birodar xalqlarimiz o'rtasidagi do'stlik, yaxshi qo'shnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash yo'llari ko'rib chiqiladi.

Sammit yakunida salmoqli ikki tomonlama hujjatlar to'plamini imzolash rejalashtirilgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga