O‘zbekiston Italiya va Ispaniyadan 15 tonna makaron mahsulotlarini import qilgan

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2022 yilning yanvar-mart oylarida O‘zbekistonga 12 ta davlatdan qiymati 5,1 mln. AQSH dollariga teng bo‘lgan 3,4 ming tonna makaron mahsulotlari import qilingan.

Makaron mahsulotlari importi hajmi o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 758 tonnaga oshgan.

2022 yilning yanvar-mart oylarida O‘zbekiston eng ko‘p makaron mahsulotlarini import qilgan davlatlar:

➖ Qozog‘iston – 2 ming tonna

➖ Rossiya – 1,1 ming tonna

➖ Qirg‘iz R. – 206 tonna

➖ Koreya – 66 tonna

➖ Italiya – 14 tonna

➖ Xitoy – 11 tonna

➖ Ispaniya – 1,1 tonna

➖ Turkiya – 1 tonna

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 61001 | Инструменты