Huawei 1
O‘zbekistonga 8 oyda qariyb 2,6 mln dona mobil telefon import qilingan

Statistika agentligi dastlabki maʼlumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonga 2024 yilning yanvar-avgust oylarida xorijdan qiymati 236,2 mln AQSH dollariga teng bo‘lgan qariyb 2,6 mln dona mobil telefon import qilingan.

Mobil telefonlar importi hajmi o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 318 579 taga oshgan.

O‘zbekiston 2024 yilning 8 oyida mobil telefonlarni eng ko‘p import qilgan davlatlar:

— Xitoy – 2,1 mln dona

— Vyetnam – 405,5 ming  dona 

— Hindiston – 70,3 ming dona

— Gonkong – 27,1 ming dona

— BAA – 3,4 ming dona

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 92720 | Инструменты