Huawei 1
Odil Ahmedov Namangan shahriga 600 million soʻmlik  insonparvarlik yordamini joʻnatdi

Oʻzbekiston milliy terma jamoasi sardori – hozirgi kunda Xitoyning “Shanxay SIPG” klubida toʻp surayotgan Odil Ahmedov Xitoydan Oʻzbekistonga maxsus insonparvarlik yordamini joʻnatdi.

Xabaringiz bor, shu kunlarda butun dunyo koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashmoqda. Deyarli barcha mamlakatlarda karantin eʼlon qilingan boʻlib, ish-faoliyatlar cheklangan. Virusga qarshi kurashda turli mamlakatlarning nufuzli shaxslari xayriyalar bilan yordamlashishga harakat qilmoqda.

Shu boisdan, mashhur futbolchimiz Odil Ahmedov ham Oʻzbekiston uchun yirik miqdordagi xayriyaga qoʻl urdi. Maʼlum boʻlishicha, futbolchi Namangan aholisi uchun tibbiy mahsulotlar partiyasini joʻnatgan. Taxminan 600 mln soʻmni tashkil etuvchi ushbu insonparvarlik yuklari tez kunlarda yurtimizga kirib keladi va Namangan xalqiga yetkaziladi.

Izohlar: 3
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga