Olmaliq kon-metallurgiya kombinati tomonidan yanvar-noyabr holatiga 578 796 000 dollarlik masʼhsulot eksporti amalga oshirilib, prognoz 115,4%ga bajarildi.
Jumladan, xorijiy isteʼmolchilarga 11 oyda 49 698 tonna mis mahsulotlari, 27 134 tonna rux mahsulotlari yuborilgan.
Shuningdek, kadmiy, mis kuporosi, reniy, paladdiy kukuni, molibden mahsulotlari, qo‘rg‘oshin konsentrati kabi mahsulotlar eksportida ham prognozlarning bajarilishi taʼminlandi.
Maʼlumot uchun: 2024 yil uchun 550,0 mln dollarlik mahsulot eksport qilinishi belgilangan bo‘lib, 15 noyabr kuni yillik eksport prognozi muddatidan avval bajarildi. 15 noyabr holatiga 550,8 mln dollarlik mahsulotlar eksport qilindi.
Yildan yilga OKMK eksport geografiyasi kengayib bormoqda. Hozirda kombinat mahsulotlari 19ta davlatga eksport qilinadi. Xorijga asosan mis, rux, molibden, reniy, qo‘rg‘oshin konsentrati, kadmiy, palladiy kukuni kabi mahsulotlar eksport qilinmoqda.
2024 yilda bir qator yangi bozorlar o‘zlashtirildi. Jumladan, joriy yildan boshlab Gvineya, Senegal, Serbiya, Janubiy Afrika Respublikasi, Marokash, Portugaliya kabi davlatlarga ham mis katankasi va mis kuporosi eksporti amalga oshirilayapti.
Bugungi kunda mamlakatimizda xom ashyodan yuqori qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarish davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgan. Yurtimizda qo‘shimcha qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarish jadal rivojlanishi oqibatida ichki bozorda misga bo‘lgan talab ham kundan-kunga oshib bormoqda. Shu bois kombinatda qo‘shimcha qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarishga ham katta eʼtibor qaratilmoqda. Mis klasterini rivojlantirish doirasida yangi korxonalar tashkil etilayapti.
Alpha version: 0.9.1.19 build 121320 | Инструменты