Huawei 1
O'zbekiston va Avstriya tashqi siyosat idoralari rahbarlari tashqi ishlar vazirliklariaro 2024-2026-yillarga mo'ljallangan hamkorlik dasturini imzoladi

O'zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Nyu-York shahrida Avstriyaning Yevropa va xalqaro ishlar federal vaziri Aleksandr Shallenberg bilan uchrashdi. 

"Avstriyaning Yevropa va xalqaro ishlar federal vaziri Aleksandr Shallenberg janoblari bilan uchrashdik, – deb yozdi O'zbekiston TIV rahbari o'zining telegram-kanalida. – Vazirliklarimiz o'rtasida 2024-2026-yillarga mo'ljallangan hamkorlik Dasturini imzoladik, unda barcha sohalardagi O'zbekiston-Avstriya aloqalarining ustuvor yo'nalishlari qamrab olingan. Shuningdek, mintaqaviy va global masalalar yuzasidan fikr almashdik".

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 92716 | Инструменты