Huawei 1
Polsha kompaniyasi O'zbekistondagi yirik telekommunikatsiya operatorlari bilan hamkorlikni yo'lga qo'yishga qiziqish bildirmoqda

O'zbekiston elchixonasida Polshaning "FCA" kompaniyasi rahbari Matsey Sanoskiy bilan uchrashuv bo'lib o'tdi

Unda "FCA" kompaniyasi va O'zbekistondagi eng yirik telekommunikatsiya operatorlari, telekommunikatsiya tizimi integratorlari hamda kichik internet provayderlari o'rtasida o'zaro manfaatli hamkorlikni yo'lga qo'yish masalalari muhokama qilindi.

Yaqin muddatlar ichida kompaniya delegatsiyasining O'zbekistonga tashrifini uyushtirish yuzasidan kelishuvga erishildi.

"FCA" tolali optika mahsulotlari ishlab chiqaruvchi yetakchi kompaniyalardan biri hisoblanadi. Bundan tashqari, kompaniya telekommunikatsiya, optik teletranslyatsiya va tarmoq xavfsizligi bo'yicha yechimlar uchun ixtisoslashtirilgan tizimlarni ham taklif etadi. 

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 92716 | Инструменты