Huawei 1
YETTB O‘zbekistonning iqtisodiy o‘sish prognozini 6 foizgacha pasaytirdi

Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YETTB) O‘zbekiston iqtisodiyoti 2024 va 2025-yillarda 6 foizga o‘sishini prognoz qilmoqda. Bu haqda bank hisobotida ma'lum qilindi.

"Maqsadli o'sish darajasiga erishish uchun bozor islohotlarini davom ettirish va infratuzilmaga sarmoya kiritish zarur bo'ladi. Biroq, mineral yoqilg'ilar importining oshishiga olib kelgan energiya resurslarining mavjud taqchilligi mamlakatning iqtisodiy salohiyatini cheklashi mumkin", deyiladi hisobotda.

Shuningdek, YETTB hisobotida Yevropa, Kavkaz, Markaziy Osiyo va Shimoliy Afrikadagi rivojlanayotgan bozorlar iqtisodiyoti 2024-yilda 2,8 foizga, 2025-yilda esa 3,5 foizga o‘sishi prognoz qilingan. Avvalroq, may oyida o'sish prognozi 3% va 3,6% ni tashkil qilgan edi.

Prognozning pastligi bir necha omillar bilan bog‘liq: rivojlangan Yevropa davlatlari iqtisodiyotining zaiflashishi, Qozog‘iston va O‘zbekistonda tog‘-kon sanoatining turg‘unligi, G‘azo sektorida davom etayotgan mojaro, Marokash va Tunisdagi jiddiy qurg‘oqchilik va hokazo.

"O‘zbekiston iqtisodiyotining o‘sishiga pul o‘tkazmalari va sayyohlar kelishining ko‘payishi sabab bo‘lmoqda. Mintaqaviy iqtisodiy istiqbollar hisobotida mamlakatning xizmat ko‘rsatish va sanoat ishlab chiqarish tarmoqlari mustahkamlangani qayd etilgan. YETTB bozorga yo‘naltirilgan islohotlarni davom ettirish va infratuzilma investitsiyalari hisobidan O‘zbekiston iqtisodiyoti 2024 va 2025 yillarda ham 6,0 foizga o‘sishini kutmoqda. Biroq, mineral yoqilg'i importining o'sishiga olib kelgan energiya taqchilligi qiyinchilik tug'dirishi va o'sish imkoniyatlarini cheklashi mumkin", deyiladi hisobotda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 92714 | Инструменты