Bayram va dam olish kunlari ayrim banklar tomonidan valyuta ayirboshlash va pul o‘tkazmalari shoxobchalari faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Bu haqda Markaziy bank matbuot xizmati xabar berdi.
Bandlik vazirligi tomonidan tasdiqlangan 2025-yil uchun ish vaqtining davomiyligi taqvimiga ko‘ra, 8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni joriy yilda shanba kuniga to‘g‘ri kelgani sababli dam olish kuni 10-mart, dushanbaga ko‘chiriladi.
Ushbu kunlarda quyidagi banklar tomonidan ayrim valyuta ayirboshlash va xalqaro pul o‘tkazmalari shoxobchalari faoliyat ko‘rsatadi:
Shu bilan birga, 24/7 rejimida ishlovchi avtomatlashtirilgan valyuta ayirboshlash bankomatlari hamda kunning istalgan vaqtida banklarning mobil ilovalari orqali onlayn valyuta ayirboshlash operatsiyasini amalga oshirish mumkin.
Alpha version: 0.9.1.19 build 32019 | Инструменты