Huawei 1
Markaziy bank 3 ta to‘lov tashkilotining litsenziyasini chaqirib oldi

O‘zbekistonning “To‘lovlar va to‘lov tizimlari to‘g‘risida”gi Qonuni 25-moddasiga muvofiq, O‘zbekiston Markaziy banki boshqaruvining 2023-yil 20-maydagi qaroriga asosan:

- “Instant Payment Solutions” mas’uliyati cheklangan jamiyati tashkilot litsenziyasini chaqirib olish to‘g‘risidagi arizasiga muvofiq;

- “Source to Pay” mas’uliyati cheklangan jamiyati o‘z faoliyatini olti oydan ortiq davrga to‘xtatib turganligi;

- “TAPP PAYMENT” mas’uliyati cheklangan jamiyati faoliyatini litsenziya olingan kundan e’tiboran bir yil davomida amalga oshirmaganligi munosabati bilan to‘lov tashkiloti faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyalari chaqirib olinganligi hamda to‘lov tashkilotlari reyestridan chiqarilganligi ma’lum qilinadi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 51408 | Инструменты