15-avgust: O'tgan tunning eng qaynoq futbol yangiliklari bir sahifada

* "Nyukasl" klubi Angliya terma jamoasi a'zosi Konor Gallaxer uchun 40 mln funtlik taklif tayyorlamoqda;

* "Squawka" tahliliy nashrining hisob-kitoblariga ko'ra, MYUning Chempionshipga tushib ketish ehtimoli 1,2% ga teng;

* Rimning "Roma" klubi "Real" vingeri Marko Asensioni sotib olish variantini ko'rib chiqyapti. Madridliklar uni sotishga qarshi emas;

* "Chelsi" hamda "Milan" Hakim Ziyesh transferi bo'yicha muzokaralarni davom ettirishyapti. Xabarlarga ko'ra, tomonlar deyarli kelishuvga erishgan. Transfer yaqin bir hafta ichida e'lon qilinishi aytilmoqda;

* Angliya Premyer-ligasi 2-turidan o'rin olgan "Liverpul" — "Kristal Pelas" bahsida mersisaydliklar kutilmaganda ochko yo'qotdi. Zahaning goliga Diaz javob qaytarib, 1:1 hisobini ta'minladi;

* Diario Sport: "Barselona" Frenki de Yongning "Manchester Yunayted" bilan shartnoma imzolashiga ishonchi komil;

* Ispaniyalik jurnalist-insayder Pedro Almeyda "Twitter"da Bernarduning "Barselona"ga o'tishi mumkinligi haqidagi tvitni repost qilib, unga "Tic-tac", deya izoh yozdi;

* Yurgen Klopp: "Bugungi o'yinda "Kristal Pelas"ning maqsadi 5ta himoyachi bilan orqada o'ynash va qarshi hujumga o'tish edi. Biroq, 10 kishi bo'lib qolsa ham, jamoam ularga qarshi zo'r o'ynadi, ular bilan faxrlanaman";

* "Inter" futbolchisi Chezare Kazarei faoliyatini "Chelsi"da davom ettiradi. Fabritsio Romanoning yozishicha, futbolchi londonliklar bilan 6 yillik shartnoma imzolaydi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 110212 | Инструменты