Huawei 1
Abduqodir Husanovga Ispaniya grandi ham qiziqish bildirmoqda

“Lans” klubining o‘zbekistonlik himoyachisi Abduqodir Husanov faoliyatini Ispaniyada davom ettirishi mumkin. Bu haqda taniqli insayder Mohamed Tubash-Ter o‘z sahifasida ma’lum qildi.

Manbaga ko‘ra, Madridning “Atletiko” klubi Husanov xizmatlariga befarq emas. Angliyaning bir qator klublari kurash olib borayotgan Husanov uchun kurashga Madrid klubi ham qo‘shilgan.

Shuningdek, 20 yoshli futbolchiga Angliyaning 7 ta klubi, jumladan “Arsenal”,“Chelsi”,“Nyukasl” va “Tottenxem” kabi klublar qiziqish bildirmoqda. Ingliz klublaridan tashqari Fransiya grandi hisoblanmish PSJ ham Husanov transferi ustida ish olib bormoqda. Shaxsan klub sport direktori Luish Kampush o‘zbekistonlik himoyachini Parij klubida ko‘rmoqchi va uning PSJga o‘tishi uchun ish olib boryapti.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 12000 | Инструменты