Huawei 1
FIFA reytingi yangilandi. O‘zbekiston o‘z o‘rnida qoldi

Xalqaro futbol assotsiatsiyasi (FIFA) noyabr oyi uchun milliy jamoalarning yangilangan reytingini eʼlon qildi.

Unga ko‘ra, O‘zbekiston milliy terma jamoasi oktyabr oyidagi kabi 58-o‘rinda qayd etildi. Jamoa hozirda 1424,93 ochko to‘plab, Osiyoning 7-jamoasi bo‘lib turibdi. Oktyabr oyidagi reytingda O‘zbekiston jamoasi 1429 ochko to‘plagan edi. Osiyoda kuchli uchlikdan Yaponiya, Eron va Koreya Respublikasi joy olgan.

Reytingning eng yuqori o‘rnida amaldagi Jahon chempioni Argentina jamoasi o‘rin olgan. Keyingi o‘rinlarda Fransiya hamda Ispaniya termalari joylashgan. Messi sardorligidagi jamoa noyabr oyidagi bahslarni muvaffaqiyatsiz o‘tkazganiga qaramay yetakchilikni saqlab qolgan.
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston noyabr oyidagi FIFA kunlarida ikkita uchrashuvda maydonga tushdi. 14-noyabr kuni Qatarga safar uyushtirgan jamoa 2:3 hisobida mag‘lub bo‘ldi. 5 kundan so‘ng Laosda o‘tkazilgan Shimoliy Koreyaga qarshi maydonga tushgan o‘zbekistonliklar Abbosbek Fayzullayevning yagona goli evaziga g‘alaba qozondi.

O‘zbekiston milliy jamoasi navbatdagi uchrashuvni kelgusi yili mart oyida o‘tkazadi. 20-mart kuniga belgilangan bahsda O‘zbekiston o‘z uyida Qirg‘izistonni qabul qiladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 121301 | Инструменты