27 fevralga o‘tar kechasi Angliya Premer-ligasi 27-turidan o‘rin olgan markaziy bahsda “Manchester Siti” Londonda “Tottenxem” mehmoni bo‘ldi va 1:0 hisobida g‘alaba qozondi.
Mazkur o‘yinda “shaharliklar” safida o‘zbekistonlik futbolchi Abduqodir Husanov asosiy tarkibda maydonga tushib, to‘liq 90 daqiqa harakat qildi. Ushbu bahsda yagona golni “Manchester Siti” hujumchisi Erling Xoland kiritdi va yakunda jamoasining g‘alabasini ta’minladi. Asosiy vaqtga qo‘shib berilgan daqiqalarda norvegiyalik futbolchi yana bir bor gol urgandi, ammo VAR bu golni ofsayd sabab bekor qildi.
Shu tariqa, Gvardiola shogirdlari APL tirnir jadvalida 47 ochko jamg‘argan holda 4-o‘ringa ko‘tarilib oldi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 22718 | Инструменты