Huawei 1
Oston Urunov "Ufa" klubiga qaytdi

"Ufa" va Moskvaning "Spartak" klubi yarim himoyachi Oston Urunovni keyinchalik sotib olish huquqi bilan ijaraga olishga kelishib oldi, deb xabar beradi Ufa jamoasi matbuot xizmati.

Urunov 2020 yil yozida "Ufa"dan "Spartak"ga ko'chib o'tgandi. Yarim mavsum o'tgach, yarim himoyachi ijara asosida "Ufa" klubiga qaytdi.

O'tgan mavsumda Urunov RPLning 16 ta o'yinida ishtirok etdi va samarali harakatlari bilan ajralib turmadi. Urunov va "Spartak" o'rtasidagi amaldagi shartnoma 2025 yilgacha mo'ljallangan. Transfermarkt internet portali yarim himoyachining transfer narxini 1,2 million yevroga baholamoqda.

"Spartak" yozgi transferlar vaqtida Urunovni "Ufa"ga sotishga tayyor edi, lekin ufaliklarning bosh direktori Shamil Gazizovning aytishicha, klublar kelisha olmagan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 72010 | Инструменты