Huawei 1
UZREPORT TV va FUTBOL TV YEVRO-2020 musobaqasining eksklyuziv translyatsiya huquqini qo'lga kiritdi

Joriy yilning 12 iyunidan 12 iyuliga qadar futbol bo'yicha 16-Yevropa chempionati bo'lib o'tadi. Musobaqaning 60 yillik tarixida birinchi marta chempionat bitta mamlakat hududida emas, balki butun Yevropa bo'ylab 12ta shahardagi 12ta stadionda o'tkaziladi.

UZREPORT Axborot Agentligi (UZREPORT TV, FUTBOL TV)  millionlab futbol muxlislarining qiziqishidan kelib chiqqan holda, YEVRO-2020 musobaqasini O'zbekiston hududida eksklyuziv translyatsiya qilish huquqini qo'lga kiritdi. E'tiborlisi, UZREPORT TV ikkinchi bor YEVRO o‘yinlarini eksklyuziv translyatsiyasi huquqini qo‘lga kiritdi. Bundan avval, 2016 yil bo‘lib o‘tgan Yevropa chempionati o‘yinlari UZREPORT TV telekanalida to‘liq hajmda namoyish qilingandi.

Ma'lumot uchun, YEVRO-2020 musobaqasida 24ta terma jamoa bosh sovrin uchun bahs olib borishadi. O'yinlar  Ozarbayjon Angliya, Vengriya, Germaniya,  Daniya,  Irlandiya, Ispaniya, Italiya, Niderlandiya, Rossiya, Ruminiya va  Shotlandiya mamlakatlaridagi stadionlarda o'tkaziladi.

O'yinlar Toshkent vaqti bilan soat 18:00, 21:00 va 00:00 da boshlanadi.

UZREPORT TV va FUTBOL TV telekanali muxlislari YEVRO-2020 musobaqasidan o'rin olgan barcha 51ta uchrashuvni jonli efirda, parallel ravishda ikki tilda — o'zbek va rus tillaridagi sharhda tomosha qilish imkoniyatiga ega bo'lishadi.

O'yinlardan tashqari telekanallarimiz orqali YEVRO-2020 kundaligi - "Highlights"lar ham efirga uzatib boriladi. Bu dastur orqali muxlislar YEVRO-2020dan o'rin olgan o'yinlarning eng qiziqarli va hayajonli vaziyatlarni qayta tomosha qilishlari, terma jamoalarning futbolchilari va murabbiylari haqidagi qiziqarli ma'lumotlar, shuningdek, rekordlar va boshqa muhim faktlar bilan tanishib borishlari mumkin bo'ladi.

Shuningdek, Yevropa chempionatining markaziy o'yinlari oldidan va uchrashuvlardan so'ng tashkil etiladigan “Futbol studiya” dasturida sharhlovchilar va mutaxassislar tomonidan qiziqarli tahlillar jonli efirda namoyish qilinadi.

UZREPORT TV va FUTBOL TV telekanallarini tomosha qiling! Chiroyli o'yin va o'zingiz yoqtirgan jamoaga muxlislik qiling!

Syurprizlar mavsumi davom etadi!

Izohlar: 29
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish
  • RAVSHAN
    0
    RAVSHAN 4 yil avval

    GAP YO'Q ZOR OMAD SIZLARGA OLLOH SIZLARDAN ROZI BO'LDIN

  • Уткир
    0
    Уткир 4 yil avval

    Зор жуда ажойиб

  • Rustam
    0
    Rustam 4 yil avval

    Uzrepor va Futbol Tv ijodkorlariga kattakon rahmat. Siz qilayotgan ish shunchaki bebahodir. Men bu ikkala kanalning ashaddiy muxlisiman. Bu ikkala kanallarga omad tilayman. Omad!!!

  • Тимур Каржаубаев
    0
    Тимур Каржаубаев 4 yil avval

    Malatsiy akalar zor bopti raxmat sizlarga

  • Mexroj
    -2
    Mexroj 4 yil avval

    Yana bir bor rahmat agar mumkin bo'lsa qo'shni davlatlardagi o'yinlarni ham translyatsiya Qilsangiz shunda qo'shnilarimiz ning o'yinlarini ham ko'rib baho berardik

  • Almaz
    0
    Almaz 4 yil avval

    Зор зор рахмет

  • Шахоб
    0
    Шахоб 4 yil avval

    РАХМАТ.АЖОЙИБ ХУШХАБАР.УЗРЕПОРТ ТВ РАХБАРИЯТИ ВА ТАШКИЛОТЧИЛАРИГА.

  • Sanjar
    0
    Sanjar 4 yil avval

    Yaxshi bo'libdi

  • Шахоб
    0
    Шахоб 4 yil avval

    РАХМАТ

  • Husniddin
    0
    Husniddin 4 yil avval

    Assalomu alaykum Nima uchun Mirzahakim Toʻxtamirzayev koʻrinmay qoldilar?

  • Baxtiyor
    0
    Baxtiyor 4 yil avval

    Yaxshi yangilik Oxirgi paytlarda Uzreport va Futbol tv ning faoliyati yuqori tempda. Davron Fayziyev va Xayrulla Hamidovning "transferi" ajoyib bo‘ldi. Faqat ko‘rsatuvlardan tashqari futbolga oid qisqa roliklar berib borilsa yanada yaxshi bo‘lardi

  • Mexroj
    0
    Mexroj 4 yil avval

    Avvalo translyatsiya payti omad va zafar hamrohi z bo'lsin. Futbol TV telekanali ijodiy jamoasiga taklifim bor edi. Futbol umuman sportga oid viktorina ko'rsatuvi ochilsa. Bizdek futbol ning ashaddiy muxlislari uchun yaxshi bo'lar edi. Boshlovchilikka Orif Tolipov bo'lsa ajoyib bo'lardi. Taklifimni ko'rib chiqasizlar degan umiddaman. Iltimos taklifimni ko'rib javobsiz qoldirmay sizlar deb o'ylayman. Javob uchun oldindan rahmat. Iltimos bu keraksiz savol yo taklif deb oylamanglar.

  • Asqar
    0
    Asqar 4 yil avval

    Ane ane syurprizler raxmet!!!

  • Alisher
    0
    Alisher 4 yil avval

    Ajoyib yangilik

  • Фаррух
    0
    Фаррух 4 yil avval

    Гап йук шу рухда давом этинглар. Омад

  • Muhammadrasul
    0
    Muhammadrasul 4 yil avval

    Hamma Uzreport tv va Futbol tv rahbarlariga rahmat uzimizning telekanallarimiz yevro 2020 ni jonli efirda olib borishi bu juda katta ish hisoblanadi hammasi uchun rahmat

  • Мусобек
    0
    Мусобек 4 yil avval

    Яхши Бопти маладес

  • Abdumutal
    0
    Abdumutal 4 yil avval

    Rahmat oldindan farg‘onalik muhlislar nomidan

  • Laziz
    0
    Laziz 4 yil avval

    Futbol muhlislari nomidan katta rahmat Angliya, Ispaniya,Kubok oyinlari translyatsiya huquqiniham sotib olishilarni taklif qilib qolamiz Uzreport va Futbol tv kanalariga omad

  • ChoriyevDilmurod
    0
    ChoriyevDilmurod 4 yil avval

    bòladi yaxshi

  • Doston
    0
    Doston 4 yil avval

    Uzreportga rahmat bizga yevrofutbolni olib kirdi. Lekin bir gap Fan time korsatuvi haqida aytmoqchiman Nega real madrid ishtirokidagi o'yinlarga ko'proq etibor qaratasilar Barsani o'yinlariga ham bo'sin fan time 1marta boldi u ham bolsa classica da yana o'sha real ham bor sal holisroq bo'linglar

  • Jahongir
    2
    Jahongir 4 yil avval

    Gap yòq

  • Ramazonov Bahodir
    0
    Ramazonov Bahodir 4 yil avval

    Ajoyib, oldinlari faqat velopoyga bn biathlon ko'rardik

  • Nazarov Jasur
    0
    Nazarov Jasur 4 yil avval

    Zur bubti endi uzimzni kanallar orqali jonle eferda futbol kurakamiz xammasi uchun raxmat

  • Xadiyatillo
    4
    Xadiyatillo 4 yil avval

    Obermasligilarham mumkinmidi

  • Jahongir
    1
    Jahongir 4 yil avval

    Zor bopti

    • Javohir
      2
      Javohir 4 yil avval

      Ha Juda ham yaxshi

    • IBROHIMJON
      6
      IBROHIMJON 4 yil avval

      YAXSHI AKALAR ZO'R

      • ilyosbek_2oo5
        1
        ilyosbek_2oo5 4 yil avval

        Futbol sevar muhlislar uchun juda qiziqarli boladi!


Tepaga