Huawei 2
19-avgust kuni SHHT davlatlari Xavfsizlik kengashlari kotiblari Toshkentda uchrashadi

Joriy yil 19-avgust kuni Toshkentda SHHTga a’zo davlatlar Xavfsizlik kengashlari kotiblarining 17-yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi. Tadbir O‘zbekistonning SHHTga raisligi doirasida o‘tkazilib, Samarqandda bo‘lib o‘tadigan Davlat rahbarlari kengashiga tayyorgarlikning muhim bosqichi hisoblanadi.

Yig‘ilishda SHHTga a’zo va kuzatuvchi davlatlar Xavfsizlik kengashlari kotiblari, shuningdek, SHHT MATT Kotibiyati va Ijroiya qo‘mitasi vakillari ishtirok etadi.

Kun tartibiga muvofiq xalqaro va mintaqaviy xavfsizlikni ta’minlash, jumladan, terrorizm, ekstremizm, qurol va narkotik moddalarning noqonuniy aylanishiga qarshi kurashish, shuningdek, axborot xavfsizligini ta’minlash masalalari ko‘rib chiqiladi.

Tadbir doirasida hamkor davlatlar delegasiyalari rahbarlari bilan ikki tomonlama uchrashuvlar ham rejalashtirilgan. SHHTga a’zo davlatlar Xavfsizlik kengashlari kotiblarining yig‘ilishlari 2004 yildan buyon o‘tkazib kelinmoqda va ko‘p tomonlama hamkorlikning muvofiqlashtiruvchi va maslahat mexanizmi hisoblanadi.

Ma'lumot o'rnida, sentabr oyida Samarqand shahrida o'tkazilishi rejalashtirilgan SHHT sammitida 28 ta hujjatni kelishish jarayonlari yakunlanadi

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga