Huawei 1
Baxtiyor Saidov Koreyadagi samolyot halokati bo‘yicha ta’ziya bildirdi

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Janubiy Koreyaning Muan xalqaro aeroportida sodir bo‘lgan samolyot halokati bo‘yicha hamdardlik bildirdi. Bu haqda vazir o‘zining Telegram sahifasida yozdi.

“Koreya Respublikasining Muan xalqaro aeroportida yuz bergan fojiali samolyot halokatidan chuqur qayg‘udamiz. Tashqi ishlar vazirligi nomidan ushbu dahshatli voqeada halok bo‘lganlarning oila a’zolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildiramiz”, deya yozgan Saidov.

Eslatib o‘tamiz, 29 dekabr kuni Janubiy Koreyadagi aeroportda bortida 181 kishi bo‘lgan samolyot halokatga uchradi. Samolyot mamlakat janubi-g‘arbidagi Muan xalqaro aeroportida uchish-qo‘nish yo‘lagidan chiqib ketgan va qo‘nish yo‘lagi tashqarisidagi to‘siqqa urilib, yonib ketgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 10106 | Инструменты