Moliya vazirligining bir qator funksiyalari Soliq maslahatchilari palatasiga o'tkaziladi

“Soliq maslahati sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida” Prezident qarori (PQ–4846-son, 30.09.2020 y.) qabul qilindi.

-  Qarorga muvofiq, 2021 yil 1 yanvardan Moliya vazirligining quyidagi funksiyalari O'zbekiston Soliq maslahatchilari palatasiga o'tkaziladi:
-  soliq maslahatchisining malaka sertifikatini olish uchun malaka imtihonlarini o'tkazish va sertifikatni berish;
-  soliq maslahatchilarini o'qitish va ularning malakasini oshirish dasturlarini tasdiqlash;
-  soliq maslahatchilarining reyestrini yuritish.

- Soliq maslahatchisi advokatlik tuzilmalari, auditorlik tashkilotlarida ishlagan taqdirda, soliq maslahati bo'yicha faoliyatda 3 yil mobaynida ishtirok etmaganligi uchun uning malaka sertifikati amal qilishini tugatishga yo'l qo'yilmaydi.

-  Qarorga ko'ra, Soliq to'lovchilar ixtiyoriy tugatilganda soliqlar bo'yicha xulosa berish huquqiga ega bo'lgan soliq maslahatchilari tashkilotlari ro'yxati (Ro'yxat) yuritiladi.

-  “Tavakkalchilikni tahlil qilish” avtomatlashtirilgan axborot tizimi vositasida aniqlanadigan, yillik aylanmasi oxirgi uch yil mobaynida 1 milliard so'mgacha bo'lgan soliq to'lovchilar (tavakkalchilik darajasi yuqori bo'lgan soliq to'lovchilar bundan mustasno) ixtiyoriy tugatilganda ro'yxatga kiritilgan soliq maslahatchilari tashkilotlarining soliqlar bo'yicha xulosalari soliq organlari tomonidan tan olinadi.

-  2021 yil 1 yanvardan Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti va Toshkent moliya institutida “soliqlar va soliqqa tortish” hamda “buxgalteriya hisobi va audit” yo'nalishlari bo'yicha 4-kurs bakalavriati o'quv dasturlariga “soliq maslahati” fani kiritiladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 52420 | Инструменты