Huawei 1
Mutasaddilar oldiga kelgusi yilda 15 ming nogironligi bor bolani taʼlimga jalb qilish vazifasi qo‘yildi

Prezident raisligida ijtimoiy himoya sohasidagi ishlar natijadorligi va 2025 yil uchun ustuvor vazifalar muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish bo'lib o'tdi. 

Shu yili nogironligi bor bolalar uchun 73 ta kunduzgi parvarishlash va “G‘amxo‘rlik” guruhlari tashkil qilindi.

Bu sohaga xususiy sektorni olib kirish uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratiladi.

Yaʼni, tadbirkorlarga har bir bola uchun kuniga 100 ming so‘mdan subsidiya, xonalarni jihozlashga 30 million so‘mgacha arzon kredit ajratiladi.

Buni hisobiga Qoraqalpog‘iston, Andijon, Qashqadaryo, Samarqand, Toshkent viloyati va Toshkent shahrida nogironligi bor 2 ming bolani kunduzgi parvarishlash tizimi yo‘lga qo‘yiladi.

Bu tizim 1 oktyabrgacha qolgan viloyatlarda ham joriy qilinadi.

Mutasaddilar oldiga kelgusi yilda 15 ming nogironligi bor bolani taʼlimga jalb qilish vazifasi qo‘yildi.

Shu yilni o‘zida mehribonlik va bolalar uylaridan 300 nafar o‘g‘il-qizlar oilaviy muhitga qaytdi.

Hozirda oilaviy muhitdan ajralgan holda taʼlim-tarbiya olayotgan yana 500 nafar bola bor.

Masʼul idoralarga Milliy gvardiya tajribasi asosida 500 nafar bolani oilaviy bolalar uyiga joylashtirish va taʼlim olishi uchun sharoit yaratish topshirildi.

Nazoratsiz va qarovsiz bolalar yashashi, o‘qishiga ixtisoslashgan maktablar ro‘yxati qayta ko‘rib chiqiladi, ularda bunday bolalar uchun 5 foiz kvota bo‘ladi.

Bunda ushbu maktablarga bolalarni Ijtimoiy himoya agentligi yo‘llanmasi asosida yuborish ko‘zda tutiladi.

Umuman, nogironligi bor hamda ota-ona mehridan bebahra qolgan bolalarning sifatli taʼlim-tarbiya olishi va oilaviy muhitga qaytishini tashkil qilish masalalarini muvofiqlashtirish Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari Shahnoza Mirziyoyeva zimmasiga yuklatildi.

Yig‘ilishda muhokama qilingan masalalar yuzasidan mutasaddilarning hisobotlari tinglandi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 121316 | Инструменты