Huawei 1
Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tmoqda

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi boshlandi. Videokonferens aloqa shaklida o'tayotgan majlisda deputatlar dastlab sog'liqni saqlash vaziri A. Xadjibayevning “Sog'liqni saqlash sohasiga oid islohotlarning amalga oshirilish holati to'g'risida”gi axborotini eshitmoqdalar.

Ta'kidlanganidek, Prezidentimizning 2020 yil 12 noyabrdagi “Birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalari faoliyatiga mutlaqo yangi mexanizmlarni joriy qilish va sog'liqni saqlash tizimida olib borilayotgan islohotlar samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi Farmoni asosida respublikamiz aholisini tibbiy xatlovdan o'tkazish uchun 14 202 ta tibbiyot brigadasi tashkil etilib, 32 458 030 nafar aholi salomatlik va fiziologik holatidan kelib chiqib, 4 ta guruhga taqsimlandi.

Shuningdek, aholining ijtimoiy yordamga muhtoj qatlamlariga alohida e'tibor qaratildi. Bugungi kungacha “temir daftar”ga kiritilgan 1 912 nafar bemorning 1 575 nafariga yuqori texnologik tibbiy yordam ko'rsatildi. Aholini manzilli skriningdan o'tkazish va yuqumli bo'lmagan kasalliklarni erta aniqlash maqsadida 23 ta mobil brigada tashkil etildi. 2021 yilda tashkil etilishi rejalashtirilgan 124 ta oilaviy shifokor punkti va oilaviy poliklinikalardan 71 tasi o'z faoliyatini boshladi.

Birlamchi tibbiyot-sanitariya muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash maqsadida qishloq oilaviy poliklinikalar 733 ta EKG va 721 ta UTT apparatlari bilan ta'minlandi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 51407 | Инструменты