Huawei 1
Shavkat Mirziyoyev Erdo‘g‘anga Turkiyaning tog‘-chang‘i kurortidagi kuchli yong‘in yuzasidan hamdardlik yo‘lladi

Turkiyaning Bol-u muzofotidagi tog‘-chang‘i kurortida yuz bergan kuchli yong‘in oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani va jiddiy jarohat olgani munosabati bilan O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkiya prezidenti Rejep Tayyip Erdo'g‘anga hamdardlik yo‘lladi.

Qardosh Turkiya yetakchisi va xalqiga chuqur ta’ziya izhor etib, davlat rahbari marhumlarning oila a’zolari va yaqinlariga sabr-toqat va bardamlik, jabrlanganlar tez fursatda sog‘ayib ketishini tiladi.

Avvalroq  Turkiyada mehmonxonadagi yong‘in sababli 10 kishi halok bo‘lgani haqida xabar bergan edik. Kartalkaya tog‘-chang‘i kurorti Istanbul shahridan taxminan 270 kilometr uzoqlikda, Kerog‘lu tog‘lari hududida joylashgan mashhur dam olish maskani hisoblanadi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 21703 | Инструменты