Huawei 1
Shavkat Mirziyoyev Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi jamoasiga minnatdorlik bildirdi

Vosit Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi o‘zining 50 yilligini nishonlanmoqda. Sherzod Asadov prezidentning markaz jamoasiga tabrigini o‘qib eshittirdi.

"Ushbu qutlug‘ sana munosabati bilan tashkil etilgan tantanali tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining markaz jamoasiga tabrigini o‘qib eshittirdim.

"O‘zbekistonda jarrohlik bo‘yicha yetakchi va nufuzli muassasa hisoblangan ushbu markaz ko‘pmillatli ahil jamoasining fidokorona mehnati bilan mamlakatimiz sog‘liqni saqlash tizimida alohida o‘rin egallab kelayotganini barchamiz yaxshi bilamiz va yuksak qadrlaymiz", - deyiladi davlatimiz rahbarining qutlovida.

Mamlakatimizda sog‘liqni saqlash sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar tufayli hozirgi kunda markaz faoliyati yangi bosqichga ko‘tarilmoqda. Tibbiy diagnostika va davolashning ilg‘or va samarali usullari keng tatbiq etilmoqda.

Ayniqsa, so‘nggi yillarda mazkur shifoxonada 200 dan ortiq yangi jarrohlik amaliyoti joriy etilib, eng murakkab va yuqori texnologik operatsiyalar bajarilmoqda. Tabrikda qayd etilganidek, og‘ir xastaliklardan aziyat chekayotgan qancha-qancha yurtdoshlarimiz ko‘p vaqt va mablag‘ evaziga xorijdagi klinikalarga borish azobidan qutulib, o‘zimizda davo topmoqda.

Bunday natijalarga erishishda mamlakatimizda xirurgiya xizmatini isloh etish, hududlarda uning sifatini oshirish va ko‘lamini kengaytirish, markaz va uning filiallari moddiy-texnik bazasi hamda kadrlar salohiyatini mustahkamlash borasidagi ishlar muhim omil bo‘lmoqda.

Prezidentimiz markazning butun jamoasiga chin dildan minnatdorlik bildirib, eng ezgu tilaklarini izhor etdi.

Shuningdek, tadbirda Prezident farmoni bilan mukofotlangan markaz xodimlariga faxriy unvon, orden va medallar tantanali ravishda topshirildi", - deyiladi tabrikda. 

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 92716 | Инструменты