Huawei 1
Turkiya bilan hamkorlikda o‘zbekistonlik yoshlar uchun maxsus grant dasturlari yo‘lga qo‘yiladi

Turkiya Respublikasi Xorijdagi turklar va qardosh jamiyatlar Bosh boshqarmasi rahbari Abdulloh Eren va Yoshlar ishlari agentligi direktori, senator Alisher Saʼdullayev o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.  

O‘zbekiston – Turkiya o‘rtasidagi do‘stlik va hamkorlik aloqalarini yana-da mustahkamlashga qaratilgan masalalar muhokama qilingan uchrashuvda asosiy eʼtibor yoshlarga qaratildi. So‘nggi yillarda ikki mamlakat o‘rtasidagi hamkorlik aloqalarining rivojlanib borayotgani va ayniqsa yoshlar siyosati sohasida alohida muvaffaqiyatlarga erishilayotgani taʼkidlandi.  

Shuningdek, “Ibrat farzandlari” loyihasi orqali turk tilini mukammal o‘rgangan yoshlar Turkiya Respublikasiga tajriba almashish uchun yuborilishi rejalashtirildi. 2025-2026 o‘quv yili uchun o‘zbekistonlik yoshlarga maxsus grant dasturlarini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha muhim takliflar ham bildirildi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 112312 | Инструменты