Huawei 1
Ufuk Ulutash Turkiyaning O‘zbekistondagi elchisi etib tayinlandi

Yangi tayinlangan elchi Ufuk Ulutash O‘zbekiston TIV vaziriga ishonch yorliqlarini topshirdi. Bu haqda Baxtiyor Saidov rasmiy sahifasida ma'lum qildi.

"Turkiyaning Oʻzbekistondagi yangi tayinlangan elchisi Ufuk Ulutash janoblaridan ishonch yorliqlari nusxalarini qabul qildik. Uchrashuvda nafaqat ikki tomonlama sherikchilik darajasida, balki mintaqaviy hamkorlikni kengaytirishda ham faol davom etmoqda. Ishonchimiz komilki, birgalikdagi sa’y-harakatlarimiz har ikki mamlakat ravnaqi va taraqqiyotiga xizmat qiladi. Janob Elchini ushbu lavozimga tayinlangani bilan samimiy tabriklaymiz va diplomatik missiyasida muvaffaqiyatlar tilaymiz", deya yozgan TIV rahbari.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 22718 | Инструменты