Huawei 1
"Yashil" iqtisodiyot sari yana bir qadam: O‘zbekiston havoning transchegaraviy ifloslanishi to‘g‘risidagi konvensiyaga qo‘shilish niyatida

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi vakillaridan iborat O‘zbekiston delegatsiyasi ilk bora Shveysariyaning Jeneva shahrida bo'lib o'tgan Atmosfera havosining uzoq masofalarda transchegaraviy ifloslanishi to‘g‘risidagi konvensiya Ijroiya organining 44-sessiyasida ishtirok etdi.

Konvensiya Yevropa, Shimoliy Amerika va Markaziy Osiyoning 50 dan ortiq mamlakatlarini birlashtirib, zamonamizning eng dolzarb ekologik muammolaridan biri — havoning transchegaraviy ifloslanishini hal qilish uchun platforma bo‘lib xizmat qiladi.

O‘zbekistonning sessiyadagi ishtiroki mamlakatning Konvensiyaga qo‘shilish imkoniyatlarini ko‘rib chiqishga jiddiy intilayotganini ta’kidlaydi. Bu qadam respublikaning ekologik va iqtisodiy ustuvor yo‘nalishlari, shuningdek, "yashil" iqtisodiyotga o‘tish bo‘yicha strategik rejalariga mos keladi.

Sessiya davomida O‘zbekiston delegatsiyasi milliy ekologik siyosatning asosiy yo‘nalishlarini taqdim etdi va Konvensiyaga qo‘shilish imkoniyatlarini muhokama qildi.

“Havo sifati barqaror rivojlanishning asosiy elementidir. Biz O‘zbekiston oldida turgan ekologik muammolarni hal qilishda xalqaro tajribani qo‘llashdan manfaatdormiz. Konvensiyaga qo‘shilish milliy ekologik tashabbuslarni amalga oshirish uchun yangi imkoniyatlar taqdim etadi, — dedi Ekologiya vazirligi mutaxassisi Aziza Sharafova. — 2025-yilning mamlakatimizda “Atrof-muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot yili” deb e’lon qilingani O‘zbekistonning ishtiroki uchun muhim kontekstdir”.

Joriy yilda O‘zbekiston xalqaro tadbirlarda, jumladan, Ostona shahrida o‘tkazilgan iqlim va havo sifati bo‘yicha submintaqaviy seminar va Parijda bo‘lib o‘tgan Konvensiya ishchi guruhlari yig‘ilishlarida faol ishtirok etgani e’tiborga molik. Ushbu hamkorlik Oʻzbekistonga havo sifatini monitoring qilish boʻyicha ilgʻor xalqaro texnika va texnologiyalar, ilmiy tadqiqotlar va ifloslanish darajasini kamaytirish vositalaridan foydalanish imkoniyatini beruvchi Konvensiyaga qoʻshilish yo‘lidagi muhim qadamdir.

Ijroiya organining 44-sessiyasi yakunida O‘zbekiston Konventsiyaga qo‘shilishi mumkin bo‘lgan barcha jihatlarni baholagan holda hujjatlar ustida ishlashni davom ettiradi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 121317 | Инструменты