"Rangsiz tushlar" filmi "Kinoshok" festivalida ishtirok etadi

Joriy yilning 17-23-oktabr kunlari Anapa shahrida «Kinoshok» XXIX xalqaro kinofestivali bo'lib o'tadi. Kinoijodkorlarni birlashtirish hamda madaniy aloqalarni yanada mustahkamlash maqsadida 1992 yildan buyon o'tkazib kelinayotgan «Kinoshok» festivali kinoixlosmandlarini Litva, Latviya, Estoniya va MDH mamlakatlarining taniqli filmlari bilan tanishtirib kelmoqda. Ushbu festivalda «O'zbekkino» Milliy agentligi buyurtmasiga binoan rejissyor Ayub Shahobiddinov tomonidan suratga olingan "Rangsiz tushlar" (https://telegra.ph/Rangsiz-tushlar-10-12) badiiy filmi ham ishtirok etadi.

Filmda 17 yillik jazo muddatini o'tab kelgan ayolning jamiyat tomonidan qabul qilinishidagi ijtimoiy muammolar ko'tarilgan. Filmda rollarni Feruza Saidova, Karim Mirxodiyev, Shohida Ismoilova, Bekzod Abdumuxitov va Asal Abdullayevalar ijro qilishgan. Film ssenariy muallifi Umid Hamdamov, operator Azizbek Arziqulov, rassom Shamshod Ibrohimov, kompozitor Ubaydullo Karimov.

Festivalda "Rangsiz tushlar" filmining bosh qahramoni Feruza Saidova qatnashishi rejalashtirilgan.

Rejissyor Ayub Shaxobiddinovning «O'tov» filmi 2007 yil ushbu kinofestivalda qatnashib, "Eng yaxshi erkak roli" nominatsiyasi bo'yicha g'olib deb topilgan. 2012 yil esa shu festivalda uning «Parizod» filmi ham ishtirok etib, Gran Pri sovriniga munosib ko'rilgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 53121 | Инструменты