Joriy yilning 1-7-may kunlari “O‘zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi” AJning barcha savdo platformalarida 2 618,7 mlrd so‘mlik tovarlar sotilgan bo‘lib, bu avvalgi haftaga nisbatan 3,6% ga ko‘pdir.
Bunda tuzilgan bitimlarning qariyb 81,5% birja savdolariga, qolgan 18,5% qismi esa elektron tijorat savdo tizimlariga to‘g‘ri keldi.
Birja savdolari orqali jami 2 133,0 mlrd so‘mlik tovar resurslari sotildi, shu jumladan:
Sement
O‘tgan hafta mobaynida birja savdolarida 79 543,0 tonna sement sotildi. O‘rtacha kunlik sotuv hajmlari 15,9 ming tonnani tashkil qildi.
Ko‘rib chiqilayotgan davrda sementning barcha markalari bo‘yicha shakllangan kunlik o‘rtacha narxlar mahsulotning bir tonnasi uchun 663,9 ming so‘mdan 636,3 ming so‘mgacha pasaydi. O‘tkazilgan savdolarda har kuni o‘rtacha 158 ta xaridor ishtirok etdi.
Suyultirilgan gaz
O‘tgan haftada birja savdolariga 2 275,0 tonna suyultirilgan gaz qo‘yildi va uning 2 207,0 tonnasi, yaʼni 97,0% sotildi. O‘tkazilgan savdolarda har kuni o‘rtacha 64 ta xaridor ishtirok etdi.
Ko‘rib chiqilayotgan davrda suyultirilgan gaz bo‘yicha shakllangan kunlik o‘rtacha narxlar mahsulotning bir tonnasi uchun 4 977,4 ming so‘mdan 4 872,6 ming so‘mgacha pasaygan.
Shakar
Birja savdolariga 13 900,0 tonna shakar qo‘yildi va uning 12 459,0 tonnasi, yaʼni 89,6% qismi sotildi. O‘tkazilgan savdolarda har kuni o‘rtacha 474 ta xaridor ishtirok etdi.
Ko‘rib chiqilayotgan davrda shakarning barcha kategoriyasi bo‘yicha shakllangan kunlik o‘rtacha narxlar mahsulotning bir tonnasi uchun 13 559,6 ming so‘mdan 13 539,7 ming so‘mgacha pasaygan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 31715 | Инструменты