9-mart: O'tgan tunning eng qaynoq futbol yangiliklari bir sahifada

* Xavi jurnalistga: "Holand bilan uchrashganimni sizlardan eshityapman";

* Arsen Venger: "Roman Abramovichni "Chelsi"da amalga oshirgan ishlari uchun juda ham hurmat qilaman. Aynan u jamoani top darajaga olib chiqdi";

* YChL 1/8 finali javob uchrashuvlari doirasida kechgan markaziy bahsda "Real Madrid" o'z uyida PSJni qabul qildi va qoyilmaqom kambek evazigan g'alabani qo'lga kiritdi — 3:1. Ikki o'yin natijasiga ko'ra, madridliklar 3:2 hisobida ustun kelib, chorak finalga yo'l oldi. "Real"ning har uchala goli Benzema tomonidan urildi;

* Karim Benzema PSJga qarshi qayd etgan xet-trigi orqali "Real" tarixida Alfredo di Stefano (308 ta gol)ni ortda qoldirib, eng yaxshi 3-to'purarga aylandi;

* "Everton" moliyaviy qarzdorliklar tufayli ochkolaridan mahrum qilinishi mumkin. Klub 2017-20 yillar uchun 312 mln funt qarzdorlikka ega va bu uchun ochkolaridan mahrum qilinishi mumkin;

* Fakt: Benzema YChLda ketma-ket 18 yil (2005-2022)dan buyon gol urib kelayotgan ilk futbolchi;

* Dani Alvesh instagram sahifasida: "Benzema qanday futbolchi a?! Uning madridlik ekanini menga farqi yo'q, bu o'yinni sevdim!";

* YChL 1/8 finali javob uchrashuvlari doirasida kechgan bahsda "Manchester Siti" o'z uyida "Sporting"ni qabul qildi va 0:0 hisobida nursiz durang qayd etdi. Umumiy hisobda "shaharliklar" 5:0 hisobida g'alaba qozondi;

* Chempionlar ligasi chorak finalining dastlabki 4 ishtirokchisi ma'lum bo'ldi: "Bavariya", "Liverpul", "Manchester Siti" va "Real Madrid";

* Ralf Rangnik Ronalduning "Atletiko"ga qarshi bahsga to'liq tayyor bolishi uchun uni "Tottenhem"ga qarshi maydonga tushirmoqchi emas;

* Serxio Ramos: "Inyesta hamma onalar o'z qizlariga orzu qiladigan kuyov. Uning karyerasida raqamlar hammasini ko'rsatib turibdi. Inyestani taqqoslash mumkin bo'lgan futbolchilar juda ham kam";

* Fabritsio Romano: "Borussiya Dortmund" va Karim Adeyemi shaxsiy shartnoma shartlari bo'yicha kelishuvga erishgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 31601 | Инструменты