UEFA mehmondagi gol qoidasini bekor qildi

Qaror 2021/22 yilgi mavsumdan kuchga kiradi. Endi, agar ikki o'yindan iborat to'qnashuv natijalari bo'yicha hisob teng bo'lsa,  qo'shimcha vaqt belgilanadi.

Chempionlar Ligasi, Yevropa Ligasi va Yevropa chempionatining saralash pley-off bosqichida mehmondagi gol qoidasi qo'llanilardi.

Ushbu qoidaga ko'ra, hal qiluvchi bosqichning ikki uchrashuvi natijalari bo'yicha tenglik yuzaga kelgan taqdirda, mehmonda ko'proq gol urgan jamoa keyingi bosqichga o‘tardi.

UEFA ushbu qoidani birinchi marta 1965/66 yilgi mavsumda Kubok egalari kubogida joriy oshirgan.

Izohlar: 1
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 53121 | Инструменты