5 yil davomida AQSH terma jamoasi tarkibida dona surgan grossmeyster Gulruhbegim Tohirjonova bundan buyon yana O‘zbekiston nomidan ishtirok etishi eʼlon qilindi.
U bilan olib borilgan muzokaralar natijasida Gulruhbegim yurtimizga qaytib keldi.
"Gap pulda yoki vaʼdalarda emas, men doim Vatanimiz bayrog‘i ostida qatnashishni xohlaganman. Lekin orada shunday davr bo‘ldiki, ketishga majbur bo‘ldim. Agar men O‘zbekistonda muhit o‘zgarganini, shaxmat federatsiyasida sportchilarga eʼtibor paydo bo‘lganini his qilmaganimda qaytmas edim", — dedi Gulruhbegim.
Maʼlumot uchun: Gulruhbegim Tohirjonova shu paytgacha AQSH terma jamoasining 1-raqamli shaxmatchisi edi. 2023 yilda AQSHda "Yilning eng yaxshi ayol shaxmatchisi" deb topilgan.
Eʼtiborlisi, oxirgi ikkita Olimpiada davomida AQSH va O‘zbekiston o‘zaro duch kelganda Gulruhbegim o‘z yurtdoshlariga qarshi dona surishdan bosh tortgandi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 31601 | Инструменты