Jervonta Devisning keyingi jangi sanasi va raqibi nomi ma’lum bo‘ldi

Amerikalik bokschi Jervonta Devisning keyingi jangi aniq bo‘ldi.  Devisning (29-0) raqibi Amerika vakili Frenk Martin (18-0) bo‘ladi.

Bokschilar o‘rtasidagi jang 15-iyunda bo‘lib o‘tadi. Ushbu oqshomning asosiy jangi Aleksandr Gvozdik va David Benavides o‘rtasidagi kamar uchun jang bo‘ladi. Boks kechasi Las-Vegasda (AQSH) MGM Grand Garden Arena’da o‘tadi. 

Martin 2023-yil iyul oyida hakamlar qaroriga ko‘ra Artyom Arutyanyanni mag‘lub etgandi.

Devis esa 2023-yilning aprelida Rayan Garsiyani texnik nokautgan uchratgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 31601 | Инструменты