Huawei 1
10 oyda 57,7 ming nafar Xitoy fuqarolari turistik maqsadlarda O‘zbekistonga keldi

Statistika agentligi maʼlumotlariga ko‘ra, 2024-yilning yanvar-oktyabr oylarida 57,7 ming nafar Xitoy fuqarolari turistik maqsadlarda O‘zbekistonga tashrif buyurgan.

Bu ko‘rsatkich 2023-yilning mos davri bilan solishtirilganda 22,3 ming nafarga yoki 63,1 % ga oshgan.

2024-yilning yanvar-oktyabr oylarida O‘zbekistonga tashrif buyurgan Xitoy fuqarolari safar maqsadlari bo‘yicha quyidagicha taqsimlangan:

sayyohlik – 50 052 nafar;

xizmat yuzasidan – 4 732 nafar;

qarindoshlarni yo‘qlash – 1 121 nafar;

tijorat – 1 085 nafar;

o‘qish – 708 nafar;

davolanish – 2 nafar.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 112918 | Инструменты