Huawei 1
18-iyul kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar dayjesti

Toshkent shahrida O‘zbekiston – Qirg‘iziston biznes-forumi bo‘lib o‘tdi

Forumda oziq-ovqat mahsulotlari, qurilish materiallari ishlab chiqarish, logistika markazi tashkil etish, chiqindini qayta ishlash, birgalikda geologiya-qidiruv ishlarini olib borish va ko‘mir yetkazib berish, axborot texnologiyalari, elektrotexnika va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish bo‘yicha 20 ta bitim, memorandum va savdo shartnomalari imzolandi.

Yangi Toshkent hududiga o‘tayotgan mahallalar soni ma’lum qilindi

Davlat kadastrlari palatasi Toshkent viloyati boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, Toshkent viloyatidan umumiy hisobda jami 37 ta mahalla Yangi Toshkent hududiga o‘tadi.

Amerika texnologiyalar universitetini tashkil etish to‘g‘risida prezident qarori imzolandi

Universitet nodavlat oliy ta’lim tashkiloti hisoblanadi hamda o‘z faoliyatini 2024/2025 o‘quv yilidan boshlaydi.

Samarqandda avtobus urib yuborgan piyoda vafot etdi

Holat yuzasidan Kattaqo'rg'on tumani IIB TB tomonidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati boshlig‘i o‘zgardi

Olim Saidov YHXX rahbarligidan ketdi. Uning o‘rniga polkovnik Sherzod Ibragimov IIV Jamoat xavfsizligi departamenti Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

O‘zbekistonda mansabdorlar ko‘proq qanday jinoyat sodir etayotgani aytildi

Bosh prokuratura mansabdor shaxslarning 2024-yil birinchi yarmidagi jinoyatchiligi tahlilini eʼlon qildi. 6 oyda 2525 ta jinoyat ishi bo‘yicha 2389 nafar mansabdor jinoiy javobgarlikka tortilgan.

Endi Toshkent-Andijon poyezdi Quvada ham to‘xtab o‘tadi

2024-yilning 18-iyul kunidan boshlab, “Toshkent – Andijon – Toshkent” yo‘nalishida harakatlanuvchi yo‘lovchi poyezd “Quva” bekatida 2 daqiqa to‘xtab o‘tishi yo‘lga qo‘yildi.

Toshkent viloyatida keliniga shilqimlik qilgan 70 yoshli qaynota 3 sutkaga qamaldi

Kelinga ko‘ra, hozirda u turmush o‘rtog‘i bilan birga yashamayapti. Uning oilasi qaynotasi bilan bo‘lib o‘tgan holat sabab ajralish yoqasiga kelib qolgan.

Shohjahon Jo‘rayevga oid ish jinoyat sudida ko‘riladi. U sobiq turmush o‘rtog‘ini haqorat qilganlikda ayblanmoqda

U 2023-yil 15-mart kuni sobiq turmush o‘rtog‘iga Telegram orqali ovozli xabar yuborib, haqoratlagan holda uning sha’ni va qadr-qimmatini beodoblik bilan qasddan tahqirlagan.

“Toshkent – Buxoro – Toshkent” yo‘nalishida qo‘shimcha poyezdlar harakati yo‘lga qo‘yildi

Poyezdlar 23-avgustdan haftaning har juma, shanba va yakshanba kunlari harakatlanadi.

Fargʻonada 2 nafar advokat suddagi tanishlari orqali jazoni oʻzgartirib berish evaziga $50 ming olgan vaqtlarida ushlandi

Shuningdek, Toshkentda ham tergovdagi ishni tanishlari orqali jabrlanuvchi foydasiga undirib berish evaziga oldindan 50 ming dollar olgan advokat qo'lga tushdi.

Sirdaryo viloyati Avtomobil yo‘llari boshqarmasining 37 mlrd so‘mlik davlat xaridlarida qonun buzilishi holatlari aniqlandi

Aniqlangan qonun buzilishi holatlari yuzasidan hududiy boshqarma tomonidan Sirdaryo viloyati Avtomobil yo‘llari boshqarmasi tizim tashkilotlariga nisbatan tegishli tartibda ish qo‘zg‘atilib, bajarilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatmalar berildi.

Shavkat Mirziyoyev va Sadir Japarov tor doirada uchrashuv o'tkazdi

Uchrashuvda tovar ayirboshlash hajmini yaqin yillarda 2 milliard dollarga yetkazish boʼyicha kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqish dolzarb ekani koʼrsatib oʼtildi. Strategik ahamiyatga ega mintaqaviy loyihalarni, jumladan, "Xitoy - Qirgʼiziston - Oʼzbekiston" temir yoʼli va Qambarota GES-1 qurilishini tez fursatda amalga oshirish masalalariga eʼtibor qaratildi.

O‘zbekistonda birinchi mahalliy Arslon zirhli transportyori ishlab chiqarildi

Qurolli kuchlar tez orada yangi rusumdagi mazkur zirhli transportyori hamda takomillashtirilgan taktik va texnik xususiyatlariga ega “Tarlon-M” yengil zirhli avtomashinasining modernizatsiya qilingan versiyasiga ega bo‘ladi.

Shavkat Mirziyoyev va Sadir Japarov muzokaralarni ikki mamlakat rasmiy delegatsiyalari ishtirokida kengaytirilgan tarkibda davom ettirdi

Ikki mamlakat hududlari savdo-iqtisodiy hamkorlikning haqiqiy drayverlari ekani ta’kidlandi. Shu ma’noda, Bosh vazirlar raisligidagi Chegaraoldi viloyatlar hokimlari kengashi doirasida faol aloqalarni davom ettirishga kelishib olindi.

O‘zbekiston va Qirg‘iziston rahbarlari yangi kooperatsiya loyihalariga start berdi

Shavkat Mirziyoyev va Sadir Japarov yirik kooperatsiya loyihalarini ishga tushirish marosimida ishtirok etdilar.

Trotuarlarda elektroskuterlar boshqarishda tezlikni 10 km/coatdan oshirish taqiqlandi

Elektromototsikl, moped va skuterlar ham davlat ro‘yxatidan o‘tkazilib, ularga alohida davlat raqami beriladi.

Endilikda fuqarolar o‘z kredit tarixi o‘rganilishini cheklab qo‘yishi mumkin

“Kredit-axborot tahliliy markazi” kredit byurosi “FREEZE” xizmatini test rejimida ishga tushirdi.

Markaziy bank: 2024-yilning ikkinchi choragida ko‘chmas mulk bozorida faollik sekinlashgan

Regulyator tahlilida aytilishicha, ko‘chmas mulk bozorida talab ham “muvozanatlashgan”. Bunga odamlarning daromadlari maqbullashgani, ipoteka krediti o‘sishi sekinlashgani, narx-navo hamda almashuv kursining nisbatan barqarorlashgani sabab bo‘lgan.

Tibbiyot chiqindilaridan muqobil issiqlik energiyasi ishlab chiqariladi

“Tibbiyot chiqindilaridan muqobil issiqlik energiyasi ishlab chiqarish” investitsiya loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi prezident qarori qabul qilindi

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 83116 | Инструменты