2023-yilning 1-yarim yilligida Adliya vazirligi tizimida murojaatlar bilan ishlash holati natijalari e'lon qilindi.
Murojaatlar yuzasidan qoʻllanilgan taʼsir choralar:
Qoʻllanilgan taʼsir choralar soni – 11 875 ta.
Shundan:
- Daʼvo arizalar soni – 7 533 ta;
- Daʼvo arizalari summasi – 258 mlrd 341 mln 964 ming soʻm;
- Kiritilgan taqdimnomalar soni – 3 172 ta;
- Maʼmuriy takliflar soni – 868 ta;
- Jinoiy takliflar soni – 25 ta;
- Boshqa turdagi taʼsir choralari – 277 ta.
Murojaatlar yuzasidan qoʻllanilgan taʼsir choralari natijasida:
- 873 nafar xodim - intizomiy javobgarlikka tortilgan. (shundan, 69 nafari bilan mehnat shartnomasi bekor qilingan);
- 749 nafar xodim - maʼmuriy javobgarlikka tortilgan;
- 3 nafari - jinoiy javobgarlikka tortilgan;
- 12 425 ta hujjatlar bekor qilingan yoki ijrosi toʻxtatilgan;
- ta’sir choralar natijasida 473 836 367 000 soʻm undirilgan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 22711 | Инструменты