Iqtisodiyot va moliya vazirligi 2025-2027-yillar uchun Byudjetnoma loyihasini eʼlon qildi.
Unda keltirilgan 2024-yilgi byudjet ijrosi tahliliga ko‘ra, O‘zbekistonda kelasi yil uchun davlat byudjeti bo‘yicha qonun loyihasiga ko‘ra, 2025-yilda jami 28,3 trln so‘m subsidiya ajratilishi rejalashtirilmoqda. Jumladan, NTTlarga 3,8 trln so‘m, aholi uy-joy sotib olishi uchun 2,5 trln so‘m, jamoat transporti zararlarini qoplash uchun 2,7 trln so‘m, tadbirkorlik va aholi bandligini taʼminlash uchun 2,7 trln so‘m, Energetika sohasi uchun 12,3 trln so‘m, xususan, gaz sotib olish va sotishdagi tafovutni qoplash uchun 7 trln so‘m, qishloq va suv xo‘jaligi uchun 2,5 trln so‘m, geologiya-qidiruv ishlari uchun 0,9 trln so‘m ajratilish ko‘zda tutilmoqda.
Taqqoslash uchun, 2025-yilda ijtimoiy nafaqa to‘lovlariga 17,3 trln so‘m, ilm-fanga 2,3 trln so‘m, madaniyat sohasiga 3,8 trln so‘m, sport sohasiga 3,3 trln so‘m, shu to‘rtta yo‘nalishga jami 26,7 trln so‘m ajratish reja qilingan. Boshqacha aytganda, subsidiyalarga ajratilayotgan mablag‘ (28,3 trln so‘m) ijtimoiy nafaqa to‘lovlari, ilm-fan, madaniyat va sportga ajratilayotgan jami mablag‘lardan (26,7 trln so‘m) ko‘proqni tashkil qiladi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 110603 | Инструменты