Yong‘in oqibatida savdo do‘konining 80 metr kvadrat maydonida shift tom qismi va savdo do‘koni ichidagi buyumlar zararlangan.
Konsepsiya vijdon erkinligiga bo‘lgan huquqni va O‘zbekiston dunyoviy davlat ekanligiga oid konstitutsiyaviy qoidalarni ro‘yobga chiqarish hamda diniy sohadagi davlat siyosatining maqsadi, vazifalari, prinsiplarini va ustuvor yo‘nalishlarini belgilaydi.
Yangi tayinlangan elchi Ufuk Ulutash O‘zbekiston TIV vaziriga ishonch yorliqlarini topshirdi.
Maktabgacha ta’lim muassasasi ma’muriyati tomonidan 3 nafar tarbiyachi bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilingan. Hozirda bolalarga nisbatan tan jarohati yetkazilganlik holatini aniqlash maqsadida sudga oid tibbiy ekspertiza tayinlangan.
Malayziyada velosportning trek yo‘nalishi bo‘yicha yoshlar va kattalar o‘rtasidagi Osiyo chempionati o‘z yakuniga yetdi. Unda sportchilarimiz yuqori natijalarni qayd etib, 3 ta oltin va 5 ta bronza medallariga sazovor bo‘lishdi.
Migratsiya agentligi Rossiyada vaqtincha ishlash uchun ruxsatnoma olishga tayyorlovchi platformani ishga tushirdi.
Ijtimoiy tarmoqlarda O'zbekiston bo‘ylab o‘tkir respirator virusli infeksiyalar avj olgani, ayniqsa, maktab va bog‘chalarda kasallik keng tarqalgani, oqibatda poliklinikalar emlanmagan bemor bolalar bilan to‘lgani haqida xabarlar tarqalmoqda. Vaziyat yuzasidan Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Nurmat Atabekov ma'lumot berdi.
ILMA direktorining birinchi o‘rinbosari Vyacheslav Pak xorijiy marketpleyslarning noqonuniy faoliyati O‘zbekiston iqtisodiyotiga zarar yetkazayotganini ta’kidladi. Mahalliy bozorga tovarlar yetkazib berishda soliqlar va bojxona to‘lovlari to‘lanmaydi, yuk tashish va to‘lovlar uchinchi tomon kompaniyalari tomonidan amalga oshiriladi, shuningdek, 2024-yilda faqat “Temu” bo‘yicha hajmi $10 mlndan oshgan valyuta chiqib ketishi sodir bo‘lmoqda. “Yo ular O‘zbekistonda faoliyatini qonuniylashtirib, bu yerda sho‘ba korxonasini ochadi, yo soliq hisobiga turib, QQS to‘lovchisiga aylanadi”, — dedi Pak.
Davlat kafolati ostida olingan kreditlarning 33,7 milliard dollari (84 foizi) tashqi qarz bo‘lib, shundan 17,9 milliard dollari qatʼiy belgilangan foiz stavkada jalb qilingan.
Endilikda vazir jamg‘armasidan har oylik ustama olish uchun nomzodlar ro‘yxati avvalgidek hududiy kengashlar tavsiyasi asosida shakllantirilmaydi. Sinovlarda barcha fan o‘qituvchilari ishtirok etishi mumkin.
Ular politsiya tomonidan o‘tkazilgan reyd davomida Voyaga yetmagan huquqbuzarlarni vaqtincha saqlash markaziga yuborilgan.
28-fevral sanasidan boshlab haftada 2 marotaba dushanba va juma kunlari “Nukus-Beyneu-Nukus” yoʻnalishi boʻyicha 651/652-sonli yangi xalqaro yoʻlovchi poyezdi qatnovi amalga oshiriladi.
2025-yilidan boshlab taʼlim o‘zbek tilida olib borilmaydigan umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining 11-sinf bitiruvchilari uchun ham Davlat tilidan yakuniy nazorat imtihonlarini topshirish majburiy bo‘lishi belgilanmoqda.
Alpha version: 0.9.1.19 build 22720 | Инструменты