Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “O‘zenergoinspeksiya” va Bosh prokuratura hamkorligida energiya resurslarini behuda sarflashning oldini olish va unga barham berish bo‘yicha nazorat tadbirlari olib borilmoqda.
Shu jumladan, dehqon bozorlari, savdo va xizmat ko‘rsatish shoxobchalari hamda boshqa obyektlarda energiya resurslarini behuda sarflash holatlarining oldini olish bo‘yicha profilaktik tadbirlar o‘tkazib borilyapti.
Nazorat tadbirlari davomida kunning yorug‘ vaqtida elektr energiyasini behuda sarflash bilan bog‘liq 30 mingga yaqin holatlar aniqlangan bo‘lib, buning natijasida oyiga 4 mln kVt⋅soat elektr energiyasi iqtisod qilindi.
Energiya resurslarini behuda sarflashda ifodalangan huquqbuzarlikni sodir etgan 2 996 nafar mansabdor shaxsga nisbatan ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirilib, hujjatlar ko‘rib chiqish uchun sudlarga yuborilgan.
Ushbu tadbirlardan ko‘zlangan asosiy maqsad aholi va iqtisodiyot tarmoqlarini tabiiy gaz hamda elektr energiyasi bilan barqaror ta’minlashdan iboratdir.
Alpha version: 0.9.1.19 build 121418 | Инструменты