Huawei 1
30 mingga yaqin obyektga 500 nafar nazoratchi nomma-nom biriktiriladi

Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi axborot xizmati rahbari Saidnosir Usmonov qurilish sohasida davlat nazoratini kuchaytirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar haqida maʼlumot berdi. 

Aniqlangan xato va kamchiliklarni joyida bartaraf etish maqsadida hududiy inspeksiyalarda quruvchi-operatorlar shtabi tashkil qilinadi.

Bu esa inspeksiyalar mansabdor shaxslari hatti-harakati hamda qurilish obyektidagi qurilish-montaj ishlarini onlayn nazorat qilish imkonini yaratadi.

Davlat hisobidan qurilayotgan barcha obyektga toifasiga qarab kamida 2 tadan videokamera o‘rnatiladi. Kuzatuv qurilmasi operatorlar shtabiga maʼlumotlarni onlayn yetkazib turadi. Shu orqali qurilish jarayonlari, buyurtmachining texnik, loyihachining mualliflik, pudratchining ichki nazorat ishlari doimiy davlat nazoratida bo‘ladi.

Noqonuniy qurilishlar bo‘yicha mahalla raislari va jamoatchilik nazorati kuchaytirilmoqda. Bu orqali shaharsozlik hujjatlarini rasmiylashtirmasdan, hududiy inspeksiyalar ro‘yxatidan o‘tmasdan o‘zboshimchalik bilan boshlab yuborilgan qurilishlarni o‘z vaqtida to‘xtatish choralari ko‘riladi.

Endilikda har bir qurilayotgan obyekt oldida QR kodli pasport bo‘lishi shart. Agar bunday turdagi pasport bo‘lmasa, qurilish noqonuniy hisoblanadi. Qurilish pasportida qurilishga taalluqli barcha shaharsozlik hujjatlari bo‘lishi shart.

Ushbu choralarni kuchaytirish, qurilishlarni sifatli bo‘lishiga, o‘z muddatida topshirilishiga, noqonuniy va pala partish qurilishlarga chek qo‘yishga, inspeksiya xodimlari tomonidan turli nojo‘ya hatti-harakatlar sodir etilishining oldini olishga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 92718 | Инструменты