Huawei 1
8 oyda jami 25,8 ming nafar O‘zbekiston fuqarolari o‘qish maqsadida chet elga bordi

Statistika agentligi maʼlumotlariga ko‘ra, 2024-yilning yanvar-avgust oylarida jami 25,8 ming nafar O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari o‘qish maqsadida chet elga borgan.

Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 602 nafarga yoki 2,4 % ga oshgan.

Joriy yilning yanvar-avgust oylarida o‘qish maqsadida chet elga ketgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari mamlakatlar bo‘yicha quyidagicha:

Tojikiston — 10 701 nafar;

Rossiya — 6 032 nafar;

Qirg‘iz Respublikasi — 2 408 nafar;

Turkiya — 1 640 nafar;

Janubiy Koreya — 1 383 nafar;

Qozog‘iston — 1 102 nafar;

Xitoy — 507 nafar;

Buyuk Britaniya — 475 nafar;

AQSH — 355 nafar;

BAA — 238 nafar;

boshqa davlatlar — 974 nafar.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 92720 | Инструменты