Huawei 1
8 oyda O'zbekistonda ishlab chiqaruvchilar 28 trln so‘mdan ortiq soliq to‘ladi

2024-yil yanvar-avgust oylarida ishlab chiqarish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi 64 775 ta yuridik shaxs tomonidan 28,4 trln so‘mdan ortiq soliq to‘langan. Shundan 11,8 trln so‘mi 20 ta soliq to‘lovchi hisobiga to‘g‘ri keladi. Ularning tovar aylanmasi 114,5 trln so‘m, qo‘llagan soliq imtiyozlari miqdori esa 1,1 trln so‘mdan oshgan.

Ushbu soliq to'lovchilar tomonidan ta'minlangan tushumlar soliq turlari kesimida:

QQS - 3,2 trln so‘m;
aksiz solig'i - 3,1 trln so‘m;
yer qa'ridan foydalanganlik uchun soliq - 1,5 trln so‘m;
foyda solig'i - 1 trln so‘m;
ijtimoiy soliq - 638,6 mlrd so‘m;
JShODS - 616,6 mlrd so‘m;
mol-mulk solig‘i - 311,6 mlrd so‘m;
boshqa soliqlar - 1,2 trln so‘m.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 92720 | Инструменты