Huawei 1
8 oyda qurilish korxonalari  6 trln so‘mdan ortiq soliq to‘ladi

2024-yil yanvar-avgust oylarida qurilish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi 31 513 ta yuridik shaxs tomonidan 6,1 trln so‘mdan ortiq soliq to‘langan. Shundan 758,2 mlrd so‘mi, ya’ni 12,2 %i 20 ta korxona hisobiga to‘g‘ri keladi. Ularning jami tovar aylanmasi 10,3 trln so‘mdan ziyod, qo‘llagan soliq imtiyozlari miqdori esa 126,5 mlrd so‘m.

Eng ko‘p soliq to‘lagan 20 ta korxona tomonidan qo‘llanilgan soliq imtiyozlari hamda to‘langan soliqlar batafsil infografikada.

Ushbu soliq to'lovchilar tomonidan ta'minlangan tushumlar soliq turlari kesimida:

QQS - 315,6 mlrd so‘m;
foyda solig'i - 139,3 mlrd so‘m;
JShODS - 117,6 mlrd so‘m;
ijtimoiy soliq - 103 mlrd so‘m;
mol-mulk solig‘i - 44,3 mlrd so‘m;
yer solig‘i - 32,7 mlrd so‘m;
boshqa soliqlar - 5,7 mlrd so‘m.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 92718 | Инструменты