Huawei 1
803 avtomobil yuvish shoxobchasi o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatuvchi turlarga aylantirildi

AOKAda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi axborot xizmati rahbari Lola Rahmonboyeva ishtirokida o‘tkazilgan brifingda sanoat korxonalaridan chiqadigan oqova suvlarning tabiiy suv obyektlariga zararini kamaytirish maqsadida amalga oshirilayotgan ishlar haqida maʼlumot berildi:

- Oqova suvlar sifatini yaxshilash bo‘yicha tezkor chora-tadbirlar ko‘rildi.

- Shaharda kommunal kanalizatsiya tizimiga salbiy taʼsir ko‘rsatuvchi 140 sanoat korxonasining ro‘yxati shakllantirildi.

- O‘rganishlar davomida 115 korxonadan kimyoviy tahlil namunalari olindi. 25 korxona faoliyat yuritmayotganligi aniqlandi.

- Meʼyoridan ortiq ifloslangan moddalar chiqaruvchi 44 korxonaga nisbatan tegishli tartibda choralar ko‘rildi.

- Ochiq suv havzalariga iflos oqovalar chiqarayotgan 72 sanoat korxonasida ekologik nazorat tadbirlari o‘tkazildi.

- Ularga ogohlantirish xatlari berilib, 38 korxonaga qo‘shimcha kompensatsiya to‘lovi hisoblandi. 36 korxona bo‘yicha to‘plangan materiallar chora ko‘rish uchun huquq tartibot idoralariga yuborildi.

- Nukus shahrida ichimlik suvidan oqilona foydalanish va ifloslanishini kamaytirishga qaratilgan “Tejamkor uy” va “Tejamkor xonadon” reyting tizimi bo‘yicha xatlov o‘tkazildi. Buning uchun 38 ko‘p qavatli uy tanlab olindi.

- O‘zbekiston bo‘ylab 2024 yilda 2 000 ga yer maydonlarini rekultivatsiya qilish rejalashtirilgan. O‘tgan 9 oy davomida 1100 ga yer maydoni rekultivatsiya qilindi. 3 yarim mingdan ortiq xo‘jalik yurituvchi subyekt tomonidan buzilgan yerlarning rekultivatsiya qilinishi nazoratga olindi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 112918 | Инструменты