Huawei 1
Adliya vazirligi qarg‘ish uchun javobgarlik belgilanayotganini rad etdi

Ijtimoiy tarmoqlarda “qarg‘ish uchun ham javobgarlik belgilanmoqda” mazmunidagi xabarlar tarqatilib, go‘yoki Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portali (regulation.gov.uz)ga tegishli havola ham keltirib o‘tilgan. Bunga nisbatan Adliya vazirligi Matbuot kotibi Sevara O‘rinboyeva izoh berdi.

Keltirilishicha, mazkur xabar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi. Ushbu mazmundagi normativ-huquqiy hujjat loyihasi jamoatchilik muhokamasiga chiqarilmagan.

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portali (regulation.gov.uz)ga joylashtirilgan loyihalarga tizim tomonidan avtomatik ravishda tegishli identifikatsiya (ID) raqami beriladi va ushbu ID raqam havolada aks etadi.

Tushuntirish berilishicha, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Yilning eng namunali mahalla yoshlar yetakchisi”ni aniqlash bo‘yicha respublika tanlovini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasiga tizim tomonidan 83183 ID raqami berilgan va bu tegishli havolada ham aks etgan.

"Ijtimoiy tarmoq kanallari yurituvchilaridan yolg‘on va noxolis, tekshirilmagan axborotlarni jamoatchilikka tarqatish orqali fuqarolarimizda turli xil tushunmovchiliklarni keltirib chiqarishga yo‘l qo‘ymasliklarini so‘rab qolamiz", deyiladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 22711 | Инструменты