Huawei 1
Andijon viloyatida ishlab chiqarilgan tayyor trikotaj mahsulotlarining Qirg'izistonga eksporti ortadi

O'zbekiston Bosh konsulxonasida Andijon shahridagi "WBM TEXTILE GROUP" va "WBM DIROMM TEXTILE" kompaniyalari rahbari Olkar Shexmuz bilan uchrashuv bo'lib o'tdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA.

Ma'lum qilinishicha, "WBM TEXTILE GROUP" korxonasida tabiiy materiallardan bolalar, ayollar va erkaklar uchun zamonaviy kiyim-kechaklar ishlab chiqariladi. "WBM DIROMM TEXTILE" MCHJda esa trikotaj mahsulotlaridan yuqori sifatli turli kiyim-kechaklar ishlab chiqarilishi yo'lga qo'yilgan. Mazkur korxonalarda 1350 ta ish o'rni yaratilgan.

Ushbu korxonalarda ishlab chiqarilgan mahsulotlar ichki bozorda hamda Rossiya va Qozog'istonga eksport qilinmoqda.

Uchrashuvda korxona mahsulotlarini O'sh shahrida taqdimotini tashkil etish va Qirg'izistonga eksportini amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

Joriy yil oktyabr oyida Qirg'izistonda yengil sanoat mahsulotlarini ulgurji savdo qiluvchi tadbirkorlar bilan muzokaralar tashkil etish to'g'risida kelishildi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 92720 | Инструменты