Huawei 1
Bo‘stonliqdagi uylarda yong‘in chiqdi

Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida ikkita uy yonib ketdi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi axborot xizmati xabar berdi.

Unga ko‘ra, 26-sentyabr kuni soat 22:23 da Toshkent viloyati, Bo‘stonliq tumani, “Chinor” MFY, Shirmonbuloq ko‘chasida joylashgan uylarda yong‘in sodir bo‘layotgani to‘g‘risida FVBga xabar tushgan.

Yong‘in-qutqaruv ekipajlari soat 22:30 da hodisa joyiga yetib borib, soat 23:10 da qurshab olingan va soat 23:55 da o‘chirilgan.

Yong‘in natijasida 2 ta uyning taxminan 150 m2 maydonda tom va ichki qismi yonib zararlangan. Olovni bartaraf etishga 4 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji va 3 ta suv tashuvchi avtoulov jalb etilgan.

Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va vafot etgan fuqarolar to‘g‘risida xabar kelib tushmadi. Yong‘in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 92712 | Инструменты