Mazkur jarayon UzReport TV ning Youtube dagi rasmiy kanalida jonli efirda namoyish etiladi.
O‘zbekistonda noqonuniy moliyaviy piramidani tashkil etgan Ahmadboy va uning jinoiy sheriklari bilan bog‘liq sud ishi bugun o‘z yakuniga yetadi. Ya’ni sudya bugun odil hukmni o‘qiydi. Ushbu ish Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent viloyati sudi tomonidan sudya Dilshod Komilov raisligida ko‘rilmoqda. Mazkur jarayon UzReport TV ning Youtube dagi rasmiy kanalida jonli efirda namoyish etiladi. Eslatib o‘tamiz, Ahmadboy nomi bilan butun O‘zbekistonga mashhur Ahmadjon Tursunboyev va u bilan birga faoliyat yuritgan Izzatilla Ibrohimov, Murodjon Tursunboyev, Oybek Tursunboyev, Aziz Turdiyev va Ravshan Ismoilovlar Jinoyat kodeksining qator moddalari bo‘yicha ayblanib, 2016 yilning iyun oyida qo‘lga olingan edi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 72010 | Инструменты