Bugun keksalar va nogironlarni manzilli ijtimoiy himoya qilish to'g'risida Hukumat qarori qabul qilingan kun
"Keksalar va nogironlarni manzilli ijtimoiy himoya qilish va qo'llab-quvvatlashni yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to'g'risida" Hukumat qarori qabul qilingan.
Unga ko'ra, o'zgalar parvarishiga muhtoj bo'lgan yolg'iz keksalar va nogironlar har oyda ma'lum miqordagi oziq-ovqat mahsulotlari va gigiyena tovarlari bilan bepul ta'minlanadi.
Bunda yolg'iz keksalar va nogironlarga o'zgalar parvarishiga muhtoj bo'lgan pensiya yoshidagi quyidagi shaxslar hamda I va II guruh nogironlari kiradi:
- farzandlari (voyaga yetmagan yoki nogiron bolalar bundan mustasno) bo'lmagan;
- eri (xotini) va ota-onasi (keksalar yoki nogironlar bundan mustasno) bo'lmagan;
- vasiylari, homiylari va sud tomonidan keksani yoki nogironni parvarish qilish majburiyati zimmasiga yuklangan shaxslari bo'lmagan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 51408 | Инструменты